ToshPTI "Yoshlar ittifoqi" ning ta'sis yig'ilishi

 Yig'ilishda instituda tahsil olayotgan bir guruh tashabbuskor yoshlar Toshkent Pediatriya tibbiyot institutida O'zbekiston Yoshlar ittifoqining boshlang'ich tashkilotini tuzish va faoliyatini yo'lga qo'yish bo'yicha takliflar bilan chiqdilar. Ta'sis yig'ilishi kun tartibi bo'yicha 3 ta masalako'rib chiqildi. Kun tartibidagi masalalar yuzasidan faol yoshlar, yosh pedagog hodimlar so'zga chiqib o'z fikr-mulohazalarini bildirdilar. Muhokamalar yakunlari bo'yicha ToshPTIda O'zbekiston Yoshlar ittifoqining boshlang'ich tashkilotini tuzish va faoliyatini yo'lga qo'yish bir ovozdan ma'qullandi.